Meksika tarix va antropoligiya milliy instituti xodimlari erkaklar, ayollar va bolalarning bosh chanog`idan yasalgan minorani topishdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Asteklar madaniyatini o`rganish bo`yicha o`tkazilgan qidiruvga ikki yil vaqt ketdi. Mexiko shahri yaqinidan 650 ta bosh chanog`idan yasalgan minora topildi. Bu erda ispanlar kelgunga qadar Templo Mayor nomli qadimiy ibodatxona qad rostlagan edi. U asteklarning quyosh va urush xudosi Uisilopochtli piramadasi nomi bilan ham mashhur bo`lgan. Inson bosh chanoqlaridan 6 metrli minora yasalgan.
Inson bosh chanoqlaridan yasalgan minora bir necha asrlardan buyon meksikaliklarni vahimaga solib kelganiga qaramay, uning mavjudligi haqida aniq dalillar bo`lmagan. Tarixchilarning aytishicha, endi asteklar madaniyati haqidagi oldingi bir qancha tasavvurlarga o`zgartirish kiritishga to`g`ri keladi. Qadimgi rivoyatlarga ko`ra, bunday minora yasalayotganda dushman askarlarining bosh chanog`idan foydalanilgan. Ammo topilgan minorada ayollar va bolalarning bosh chanoqlari ham topilgan. Bundan ayollar va bolalar qurbonlik qilinganini ham anglash mumkin.






Ayni paytda 676 ta odamning jasadi qoldiqlari aniqlandi. Qazish ishlari nihoyasiga etgani yo`q. Tadqiqotchilar topilgan minora ulkan majmuaning bir qismi ekanligini taxmin qilmoqda.






