2017 yilgi Konfederasiyalar Kubogi ham o`z nihoyasiga etdi. Amaldagi jahon chempioni bo`lgan Germaniya termasi finalida Chilini minimal hisobda mag`lub etdi va o`z tarixida ilk bor Konfederasiyalar Kubogida g`olib chiqdi.
Chili terma jamoasi darvozaboni Klaudio Bravo ushbu turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Chililik kiper turnir davomida 3 o`yinda darvozani qo`riqladi va ikkita gol o`tkazib, bir bor hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko`rildi.
Germaniya terma jamoasi hujumchisi Timo Verner esa Konfederasiyalar Kubogi-2017 ning ebg yaxshi futbolchisi deb topildi. U jamoadoshlari Leon Goreska xamda Lars Shtindllarni qo`shimcha ko`rsatkich bo`yicha ortda qoldirdi va ayni shu sabab turnir davomida 3 ta to`p kiritgan “RB Leypsig” futbolchisi turnir to`purari bo`ldi.






