AsosiyDunyo

​Teleboshlovchi qiz jonli efirda hushidan ketdi (Video)

'​Teleboshlovchi qiz jonli efirda hushidan ketdi (Video)'ning rasmi

Pokistonda mahalliy telekanallardan birida boshlovchi bo`lib ishlovchi qiz jonli efirda hushidan ketdi, deb xabar keldi Tengrinews.kz nashri.

Qiz diniy tadbirlardan birida reportaj olib borgan. Videodan jurnalist qizning bo`lib o`tayotgan voqealarni faollik bilan izohlayotganini, birozdan keyin ovozi o`zgarib, qaltiraganini, keyin esa pultdan pastga qulaganini ko`rish mumkin. Uni o`rab olgan odamlar qo`llaridan kelgancha yordam berishga harakat qildi.

Aksariyat nashrlar qizning vafot etganini xabar qildi. Ammo keyinchalik ismi-sharifi Irza Khan bo`lgan muxbir qiz jonli efirda hushidan ketgani aniqlandi. Teleboshlovchi qiz o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida sog`ligi joyidaligini ma`lum qildi.


Boshqa yangiliklar