Rossiya chempionati 22-turida Moskvaning “Lokomotiv” klub o`z maydonida “Rostov” futbolchilarini qabul qildi.
Qiziqarli va teng kurashlar ostida o`tgan o`yinda hisob ochilmadi va tomonlar nursiz durang qayd etishdi.
Qayd etish kerakki, jarohatidan forig` bo`lgan O`zbekiston termasi himoyachisi Vitaliy Denisov “temiryo`lchilar” safida 90 daqiqa to`liq o`ynadi.

Lokomotiv – Rostov 0:0 (0:0, 0:0)
Lokomotiv – Gilerme, Mixalik, Kverkveliya, Peychinovich, Margasov, Denisov, Tarasov, Vitaliy Denisov, Fernandesh (Miranchuk, 85), Miranchuk (Kasaev, 78), Maykon (Farfan, 64).
Rostov – Medvedev, Kalachev, Navas, Mevlya, Kudryashov (Mogileves, 76), Terentev, Eroxin (Bayramyan, 68), Gaskan, Noboa, Poloz, Azmun (Buxarov, 65).
Ogohlantirishlar: Azmun (29), Tarasov (41), Buxarov (85).






