AsosiySport

"Manchester Yunayted" yirik hisobda "Sanderlend"dan ustun keldi (Video)

'"Manchester Yunayted" yirik hisobda "Sanderlend"dan ustun keldi (Video)'ning rasmi

Angliya chempionatining 32-turida "Sanderlend" jamoasi o`z madyonida Manchester Yunayted" futbolchilarini qabul qildi.

Qiziqarli kechgan o`yinda mankunianlar 3:0 hiosbida zafar quchdi. Gollarga Zlatan Ibragimovich, Genrix Mxitaryan va Markus Reshford mualliflik qildi.

43-daqiqada mezbonlar tarkibida Larsson qizil kartochka bilan "siylandi" va maydonni tark etdi. "MYu" bundan foydalandi va muhim uch ochkoga ega bo`ldi.

Sanderlend – Manchester Yunayted 0:3

Gollar: 0:1 – 30 Ibragimovich, 0:2 – 46 Mxitaryan, 0:3 – 90 Reshford.

Sanderlend – Pikford, Kone, Ovedo (Mankilo, 39), Djons, Denayer, Ndong, Kettermoul (Borini, 66), Roduell, Larsson, Anichebe, Defo.

Manchester Yunayted – Romero, Bayi, Shou (Blind, 61), Darmian, Roxo, Fellayni, Pogba, Errera, Mxitaryan (Marsyal, 78), Lingard (Reshford, 64), Ibragimovich.

Ogohlantirishlar: Shou (15), Lingard (64), Fellayni (79).

Chetlatish: Larsson (43).


    Boshqa yangiliklar