AsosiySport

O`zbekiston ayollar termasi KXDRga imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi

'O`zbekiston ayollar termasi KXDRga imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi'ning rasmi

O`zbekiston ayollar terma jamoasi bugun, 9 aprel kuni Osiyo Kubogi–2018 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 3-turida mezbon KXDR termasiga qarshi bahslashdi.

KXDR poytaxti Pxenyan shahridagi Kim II Sung Stadium maydonida bo`lib o`tgan o`yinda Sherali Boboqulov shogirdlari 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shunday qilib, O`zbekiston ayollar termasi 3 o`yindan keyin 6 ochko bilan guruhda ikkinchi o`rinni egallab turibdi. KXDR 4 ta o`yin o`tkazgan holda 10 ochko bilan 1-o`rinni saqlab turibdi.

Musobaqa qoidalariga ko`ra, faqatgina guruh bosqichida zafar quchgan terma jamoa Osiyo Kubogi–2018 turnirining final bosqichiga yo`llanma oladi. O`z guruhida g`alaba qozongan terma jamoalar Yaponiya, Avstraliya, Xitoy (Osiyo chempionati–2014 yakuniga ko`ra eng yuqori reytingga ega bo`lgan jamoalar) hamda Iordaniya (turnir mezboni)ga qo`shiladi.

Guruhdagi yagona mag`lubiyat Sherali Boboqulov jamoasining Osiyo Kubogi–2018 musobaqasi final bosqichiga chiqishiga to`sqinlik qildi. O`zbekiston ayollar termasi Janubiy Koreyaga qarshi o`yin natijasidan qat`i nazar guruhda 1-o`rinni egallay olmaydi. “B” guruhida 1-o`rin uchun kurashni KXDR va Janubiy Koreya olib boradi.

Osiyo Kubogi–2018 saralashi
“B” guruhi, 3-tur
9 aprel, yakshanba

KXDR – O`zbekiston 4:0

Gollar: Kim (28, 90), Sang (54, 65)

Boshqa yangiliklar