AsosiySport

“Real” himoyachisi Pepe ikki qovurg`asini sindirib oldi va mavsum yakunigacha safdan chiqdi

'“Real” himoyachisi Pepe ikki qovurg`asini sindirib oldi va mavsum yakunigacha safdan chiqdi'ning rasmi

Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Pepe “Atletiko”ga qarshi (1:1) o`yinda jarohat olib, maydonni tark etgandi.

Mazkur uchrashuvda jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan portugaliyalik futbolchi jamoadoshi Toni Kroos bilan to`qnashish oqibatida maydonni tark etishga majbur bo`lgandi.

Tibbiy ko`rik natijalariga ko`ra, Pepening ikki qovurg`asi sindirib yuborgan. Tajribali himoyachi joriy mavsumda maydonga boshqa tushmaydi.

Boshqa yangiliklar