AsosiyDunyo

​Ctokgolmda terakt sodir bo`ldi (foto)

'​Ctokgolmda terakt sodir bo`ldi (foto)'ning rasmi

Kecha, 7 aprel soat 15:00 da Stokgolm shahri markazida yuk mashinasi bir to`da olomonmonni bosib o`tdi va binoga urilib, yonib ketdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Shved OAVlari Stkgolmdagi terakt aks etgan videoni e`lon qildi. Kuzatuv kamerasi ko`chadan ketayotgan yuk mashinasini videoga olgan. Kadrda avvaliga ko`chada xotirjam sayr qilib yurgan odamlarning sarosima va vahimaga tushgani, ulardan ba`zilarining do`kon ichiga qochib kirgani, deraza oldidan katta tezlikda yuk mashinasi o`tib ketgani aks etgan. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, hujum uyushtirgan odam qo`lga olingan va u aybini tan olgan. Polisiya bergan xabarga ko`ra, terakt oqibatida 4 kishi halok bo`lgan, 15 kishi yaralangan. Mahalliy nashrning yozishicha, Stkogolm markazida odamlarni bosib ketgan yuk mashinasi o`g`irlangan bo`lgan.









Boshqa yangiliklar