AsosiyShou-biznes

​Toshkentda xitoylik kinochilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

'​Toshkentda xitoylik kinochilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi'ning rasmi

Kinochilar uyida Xitoy Xalq Respublikasi kinematograflari bilan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

“O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musaev va boshqalar O`zbekiston bilan Xitoy o`rtasidagi munosabatlar barcha yo`nalishlar qatori madaniyat va san`at sohasida ham izchil rivojlanib borayotganini ta`kidladi.

Kinematografiya sohasida o`zaro tajriba almashish, istiqbolli loyihalar ustida ishlash, hamkorlikda qisqa metrajli, animasion, hujjatli va badiiy filmlar suratga olish, turli festival va madaniy tadbirlar o`tkazish bo`yicha rejalar belgilab olingan.

Uchrashuvda kino sohasida o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvini yo`lga qo`yish kabi masalalar muhokama qilindi

Boshqa yangiliklar