2017 yil 7 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkentga MDH ishtirokchi davlatlari Tashqi siyosat idoralari rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etish uchun kelgan Qirg`iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev bilan uchrashdi.
Vazirlar ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda ta`kidlanganidek, 2016 yil 24 dekabr kuni Samarqand shahrida bo`lib o`tgan oliy darajadagi O`zbekiston-Qirg`iziston uchrashuvi va uning yakunlari tomonlarda mavjud masalalarni o`zaro hurmat asosida va bir-birining manfaatlarini inobatga olgan holda muhokama qilish va echish uchun siyosiy iroda mavjudligini tasdiqlaydi.
Aloqalarning so`nggi vaqtlardagi faollashuvi, keng jamoat vakillari ishtirokida turli darajadagi delegasiyalar tashriflarining qizg`in almashinuvi ikka tomon ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan manfaatdor ekanligiga guvohlik berishi qayd etildi.
Uchrashuvda Qirg`iziston Elchisi Daniyar Sidiqov ishtirok etdi.






