Internet foydalanuvchilari navbatdagi dabdali to`yni muhokama qilmoqda. Bu safar Hindistonda yashovchi juftlik dabdabali to`ylari bilan barchani lol qoldirdi. Bxavesh va uning rafiqasi Shefali Ramshingxanining nikoh to`yini unga tashrif buyurgan mehmonlar uzoq yillar eslab yuradi, deb yozadi “Cosmopolitan”.
Aslida to`y 2015 yilda bo`lgan. Biroq u haqdagi ma`lumotlar faqat hozirgi kunga kelib ma`lum bo`lgan. Bxavesh Dubaydagi oppoq qumlar ustida sevgilisining qo`lini so`radi. Ular to`ylarini ham shu shaharda o`tkazishga qaror qilishdi. To`y tantanalari shaharning eng qimmat mehmonxonalaridan biri Jumeirah Beach`da 5 kun davom etdi. Kelin to`yning har bir kuniga alohida qimmatbaho libos kiydi.























