Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” VI xalqaro ko`rgazmasi ish boshladi.
“O`zbekcharmpoyabzali” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ko`rgazmada uyushma tarkibidagi korxonalar bilan birgalikda hududlardagi korxonalar hamda chet ellik hamkorlar ishtirok etmoqda.
Ettinchi marta o`tkazilayotgan “Charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” xalqaro ko`rgazmasida 80 dan ortiq mahalliy, yigirmaga yaqin xorijiy korxona va tashkilot ishtirok etmoqda. Ular tomonidan 2 ming 500 xildan ziyod poyabzal va tikuvchilik mahsulotlari, charm, gazlama, mo`yna va qorako`ldan ishlangan aksessuarlar namunalari namoyish etilmoqda. Ishtirokchilar stendlarida, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar va furnituralarni ham ko`rish mumkin.
Ko`rgazma doirasida Rossiya Federasiyasining Charm va poyabzal ishlab chiqarish uyushmasi va Qozog`iston Respublikasining Engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uyushmasi bilan o`zaro hamkorlik qilish bo`yicha xalqaro forum o`tkaziladi.
“Eng yaxshi poyabzal dizayni uchun”, “Eng yaxshi charm attorlik mahsulotlari dizayni uchun”, “Eng yaxshi charm mahsulotlari uchun”, “Eng yaxshi kiyim-kechak dizayni uchun”, “Eng yaxshi stend”, “Eng faol ishtirokchi uchun” nominasiyalari bo`yicha g`oliblar aniqlanadi.
Ko`rgazma yakunida eksport shartnomalari va investisiya bitimlari imzolanadi.






