AsosiyDunyo

​Metroda teraktni amalga oshirgan Akbarjon Jalilovning ota-onasi Sankt-Peterburgga keldi

'​Metroda teraktni amalga oshirgan Akbarjon Jalilovning ota-onasi Sankt-Peterburgga keldi'ning rasmi

Sankt-Peterburg shahar metrosida teraktni amalga oshirishda gumonlanayotgan Akbarjon Jalilovning yaqinlari Pulkovo aeroportiga uchib kelishdi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.

Akbarjon Jalilovning ota-onasi Qirg`izistonning O`sh shahridan Sankt-Peterburgga uchib keldi. Tergovchilar Jalilov Akbarjon yashagan joyni aniqlab, uning uyida tintuv o`tkazishdi. 4 aprel kuni Tergov qo`mitasi Sankt-Peterburg shahar metrosini 22 yoshli Akbarjon Jalilov portlatganini ma`lum qilgan edi. U oxirgi vaqtda avtoustaxonada ishlagani aniqlandi.

3 aprel kuni Sankt-Peterburg metropolitenida portlash yuz berdi. Teraktda 14 kishi halok bo`ldi, 50 nafardan ortiq odam yaralandi.

Sankt-Peterburg terakt


Boshqa yangiliklar