AsosiyDunyo

​OAV: Jeki Channing qizi o`z joniga qasd qilishga urindi

'​OAV: Jeki Channing qizi o`z joniga qasd qilishga urindi'ning rasmi

Gongkong OAVsining xabar berishicha, taniqli kinoaktyor Jeki Chan va “Osiyo go`zali” tanlovining g`olibi Eleyn Ngning qizlari 18 yoshli Etta Ng o`z joniga qasd qilishga urinishi oqibatida ayni damda shifoxonaga tushgan.

Etta 31 mart kuni onasining do`stlari bilan dam olish uchun Tailandga ketgan, biroq u 2 aprel kuni shoshilinch ravishda Gongkongga qaytib kelgan va o`z joniga qasd qilgan.

Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, depressiya holatida qiz o`z joniga qasd qilishga uringan, deb yozadi “Vesti”.

Ayrim internet foydalanuvchilari esa Etta Ng o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bir necha marta o`z joniga qasd qilishi haqidagi materiallarni e`lon qilganini ta`kidlagan.

Jeki Chan va “Osiyo go`zali” Eleyn Ng o`rtasidagi ishqiy munosabatlar 1998 yilda boshlangan, biroq bu munosabatlar uzoqqa cho`zilmadi. Jeki Chan bu munosabatlar uning katta xatorsi bo`lganini ma`lum qildi va hatto 1999 yilda tug`ilgan qizini ham tan olishni istamadi.

Etta ham o`z navbatida Jeki Channi o`z otasi deb bilmasligini ma`lum qilgan.

Boshqa yangiliklar