AsosiyDunyo

​Cankt-Peterburg shahar metrosida teraktni amalga oshirishda gumonlangan shaxsning fotosurati e`lon qilindi

'​Cankt-Peterburg shahar metrosida teraktni amalga oshirishda gumonlangan shaxsning fotosurati e`lon qilindi'ning rasmi

Rossiyaning “Pyaty kanal” telekanali Sankt-Peterburg shahar metrosida teraktni amalga oshirishda gumon qilingan shaxsning fotosuratini e`lon qildi, xabar berdi “Ntv.ru” nashri.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, u Qirg`iziston fuqarosidir.

Bugun “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlaridan biridagi guruhda hali aybi rasman tasdiqlanmagan, Peterburg metrosidagi teraktni amalga oshirishda gumon qilinayotgan shaxsning surati va kuzatuv kameralari qayd etgan, perronda og`ir ryukzakni orqalab ketayotgan, qo`lini musht qilib tugib olgan yigit aks etgan kadr e`lon qilindi.

OAVlarda portlatilgan vagon ichi aks etgan fotosuratlar ham paydo bo`ldi. Unda taxmin qilinayotgan xudkush-terrorchining uzilgan boshi va polda sochilib yotgan tanasining boshqa qismlari aks etgan. Jasad qoldiqlari oldida ryukzak ham bor. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, uni 1995 yilda Qirg`izistonning O`sh shahrida tug`ilgan, ayni paytda Rossiya fuqarosi bo`lgan Akbarjon Jalilov amalga oshirgan.

Boshqa yangiliklar