Mamlakatimizga “Afrosiyob” elektropoezdining uchinchi harakat tarkibi olib kelinganligi munosabati bilan joriy yilning 10 aprel kunidan boshlab, Toshkent – Samarqand – Toshkent yo`nalishida ham yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdning muntazam qatnoviyo`lga qo`yiladi.
Shu munosabat bilan “Afrosiyob” elektropoezdlarining harakatlanish vaqti quyidagicha etib belgilandi:
Shuningdek, mazkur sanadan boshlab, Toshkent – Buxoro yo`nalishidagi “Sharq”, Toshkent – Qarshi yo`nalishidagi “Registon” hamda №380/379- sonli Toshkent – Termiz yo`nalishidagi yo`lovchi poezdlar harakatlanish vaqtiga ham o`zgarishlar kiritildi.
Bu borada belgilangan o`zgarishlarni www.uzrailpass.uz veb-saytidan bilib olishingiz mumkin.
Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishida harakatlanayotgan “Afrosiyob” elektropoezdiga 10 aprel kunidan keyingi qatnov kunlariga chipta xarid qilgan yo`lovchilar harakat jadvaliga kiritilgan o`zgarishlarni inobatga olishlari so`raladi. Ya`ni, shu kundan boshlab poezd Buxoroga soat 8:00 da emas, balki 7:30 da harakatlana boshlaydi. Xarid qilingan chiptalarni – chiptaxonadan almashtirmasdan turib yangi ko`rsatilgan vaqtda foydalanishingiz mumkin.






