Bu juda zavqli, ammo shu bilan birga juda xavflidir, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Mart oyining oxirida Avstraliyaga yopirilgan kuchli tropik dovul 60 mingga yaqin uyni chiroqsiz qoldirdi. Qutqaruv xizmati mamlakat aholisiga ehtiyot bo`lishni, iloji boricha uydan chiqmaslikni tayinlayotgan bir paytda ba`zi bir syorfingchilar po`rtananing asov to`lqinlarini jilovlashga, bo`ysundirishga harakat qilmoqdalar. Mazkur videorolikka News.com.au. nashri e`tibor qaratdi.
Bu videoni daryo bo`yida ekstremal guruhdagilarni ko`rgan mahalliy aholidan bir suratga tushirgan. Ular to`lqin bo`ylab syorfi va bodibordlarda uchishgan, hatto ulardan biri suv motosiklida sayr qilgan. Feysbuk ijtimoiy tarmog`ida mazkur videorolikni tomosha qilgan foydalanuvchilardan biri bu “hayoti davomida ko`rgan eng axmoqona harakat” ekanligi haqida izoh qoldirgan.






