Noma`lum haydovchi avtomashinani Farg`ona viloyati Toshloq tumanining Besholish mahallasida boshqarib ketayotib, piyoda 1977 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Jabrlanuvchi voqea joyida hayotdan ko`z yumgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur yo`l-transport hodisasini shu tumanda yashovchi 1986 yilda tug`ilgan fuqaro “Kamaz-5511” rusumli avtomashinada sodir etgani aniqlandi. Gumonlanuvchi ushlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






