AsosiyDunyo

​Burger King reklamada va`da qilingan olmali pirogni bepul berishdan bosh tortgani uchun 110 ming rubl jarima to`laydi

'​Burger King reklamada va`da qilingan olmali pirogni bepul berishdan bosh tortgani uchun 110 ming rubl jarima to`laydi'ning rasmi

Burger King restorani reklamada va`da berilgan olchali pirogni bepul tarqatishdan bosh tortgani uchun 110 ming rubl jarima to`laydi, deb xabar berdi Vc.ru/n nashri.

Peterburg federal antimonopol xizmati “Burger Rus” kompaniyasiga qarashli Burger King restoranini reklama qonunini buzganlikda aybladi. U 100 mingdan 500 minggacha jarima to`lashi mumkin.

Reklamada “Vopper fristayl” tushligini sotib olgan odamga bepul ochali pirog berish va`da qilingan. Ammo mazkur tushlikni sotib olgan ayol bepul olchali pirog berishni so`raganda, restoran xodimlari bundan bosh tortgan. Ayol tegishli idoralarga da`vo arizasi bilan murojaat qildi.

Uning shikoyat qilganini ko`rgan restoran menejeri ayol bepul olchali pirogni talab qilmaganligini ma`lum qildi. Sudda Burger King restorani vakili ular reklama qonunini buzishmaganligini, hammasiga hozirda jazolangan restoran xodimi aybdor ekanligini bildirdi.

Boshqa yangiliklar