Vera Juravskaya 1945 yil 5 aprel kuni Germaniyaning Strasburg shahrida fashistlar tashkil etgan konslagerda tavallud topgan.
Urushdan keyin Ukrainada ta’lim olib, geolog mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat yuritgan. 1964 yilda “komsomol” yo‘llanmasi bilan O‘zbekistonga kelib, Navoiy viloyatining Uchquduq shahridagi oltin konida mehnat qilgan.
Shuningdek, u keyinchalik Toshkentdagi institutlardan birida hamda turizm sohasida faoliyat olib borgan.






