AsosiyJamiyat

Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi yodgorliklarga gul qo‘ydi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

'Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi yodgorliklarga gul qo‘ydi'ning rasmi

Davlat rahbari Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan marosimda ishtirok etdi. An'anaga muvofiq, Prezident “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.

“Bugun oramizda sog‘-salomat yashab kelayotgan urush va mehnat faxriylari, barcha nuroniylarimizga alohida mehrimiz va ehtiromimizni izhor etamiz. Ushbu majmua buyuk g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan ko‘p millatli xalqimizning jasorati va qahramonligini tarannum etadigan tabarruk maskan, desak, to‘g‘ri bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fashizmga qarshi janglarda o‘sha vaqtda 6,8 million nafar aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistondan qariyb 2 million kishi ishtirok etgan. Ulardan 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan. Shuningdek, 50 mingdan ortiq kishi kontslagerlarda halok bo‘lgan, 60 mingdan ziyodi esa nogiron bo‘lib qaytgan.

Tadbirda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari hamda nuroniylar ishtirok etib, yodgorlik poyiga gullar qo‘ydi.

Shuningdek, Prezident “Millat fidoyilari” xiyobonida ham bo‘lib, mustaqillik yillarida mamlakat himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

“Bir yil oldin mana shu hududda ‘Millat fidoyilari’ majmuasini barpo etganimiz bejiz emas. U Vatan himoyasi har bir avlodning muqaddas burchi ekanini, vatanparvarlik an’analari davomiyligini eslatib turadi”, dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev farzandlarini Vatan himoyasiga tayyor, jasur va vatanparvar etib tarbiyalagan ota-onalarga ham minnatdorlik bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda 12 jarima balli haydovchilar soni 49 nafarga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:49

    O‘zbekistonda 12 jarima balli haydovchilar soni 49 nafarga yetdi

    Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

    'Click katta avlod vakillari uchun “G‘amxo‘r Click: avlodlar bog‘liqligi” nomli ta’limiy uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50

    Click katta avlod vakillari uchun “G‘amxo‘r Click: avlodlar bog‘liqligi” nomli ta’limiy uchrashuv o‘tkazdi

    Click katta avlod vakillari uchun “G‘amxo‘r Click: avlodlar bog‘liqligi” nomli ta’limiy uchrashuv o‘tkazdi

    'Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi faxriysi Vera Juravskaya bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:30

    Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi faxriysi Vera Juravskaya bilan uchrashdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi faxriysi Vera Anatolyevna Juravskaya bilan uchrashdi.

    'Bugun Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:00

    Bugun Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashadi

    Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari “Matonat madhiyasi” monumenti hamda “Millat fidoyilari” xiyobonida gul qo‘yishi rejalashtirilgan.

    'Musulmonlar idorasi fuqarolarni qabristonlarni obodonlashtirishga chaqirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:23

    Musulmonlar idorasi fuqarolarni qabristonlarni obodonlashtirishga chaqirdi

    O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi qabristonlarni obod qilish va ziyorat odoblari yuzasidan aholiga murojaat bilan chiqdi.

    '11 may kuni maktablarda dars bo‘ladi, bog‘chalar esa ishlamaydi'ning rasmi

    Jamiyat 07.05.2026 16:54

    11 may kuni maktablarda dars bo‘ladi, bog‘chalar esa ishlamaydi

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2026-yil 11-may kuniga oid tartibni ma’lum qildi.