Bugun, 8 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, davlat rahbari “Matonat madhiyasi” monumenti hamda “Millat fidoyilari” xiyobonida gul qoʻyishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari bilan uchrashuv oʻtkazadi.






