Uchrashuvning asosiy maqsadi — katta yoshdagilarning raqamli savodxonligini oshirish va ularga zamonaviy raqamli xizmatlardan yanada ishonchli foydalanishga yordam berishdan iborat bo'ldi.
Tadbir Click xodimlari va foydalanuvchilarining ota-onalari, bobo-buvilari hamda yaqinlari uchun tashkil etildi. Loyiha doirasida ishtirokchilarga mobil ilovalarning imkoniyatlari, kundalik to'lov xizmatlaridan foydalanish va firibgarlikdan himoyalanishning oddiy qoidalari haqida tushunarli ma'lumot berildi.
Mehmonlar Click ofisi bilan tanishib, kompaniya jamoasi bilan suhbatlashdi va amaliy mashg'ulotlarda qatnashdi. Click mutaxassislari sodda va tushunarli tilda ilova orqali pul o'tkazish, mobil aloqa, kommunal xizmatlar, internet, televidenie va boshqa servislar uchun to'lovlarni amalga oshirishni ko'rsatib berdi. Raqamli xavfsizlik masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi — ishtirokchilarga SMS-kodlarni begonalarga aytmaslik, shubhali havolalarga kirmaslik, messenjerlarda kelgan iltimoslarga asosan pul o'tkazmaslik va noma'lum qo'ng'iroqlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligi tushuntirildi. Ushbu mavzular Click tomonidan tayyorlangan raqamli savodxonlik prezentatsiyasida ham batafsil yoritildi.
Uchrashuvning eng muhim qismlaridan biri "Raqamli klinika" formati bo'ldi. Unda mehmonlar o'z savollarini berishlari, telefon va ilova sozlamalari bo'yicha yordam olishlari hamda mutaxassislar bilan birga kerakli amallarni o'z qurilmalarida bajarishlari mumkin bo'ldi. Bu yondashuv ishtirokchilarga nafaqat ma'lumot eshitish, balki uni amalda qo'llab ko'rish imkonini berdi.
Bugungi kunda Click O'zbekistonda raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish bo'yicha yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi va nafaqat texnologiyalarga, balki foydalanuvchilarning raqamli madaniyatini rivojlantirishga ham izchil investitsiya kiritib kelmoqda. Kompaniyada ta'kidlanishicha, fintech sohasidagi yetakchilik faqat yangi mahsulotlarni yaratish emas, balki zamonaviy texnologiyalarni har bir inson uchun tushunarli, qulay va xavfsiz qilish mas'uliyatini ham anglatadi.
"G'amxo'r Click: avlodlar bog'liqligi" loyihasi kompaniyaning moliyaviy va raqamli savodxonlikni rivojlantirish bo'yicha tizimli ishlarining bir qismiga aylandi. Clickda qayd etilishicha, zamonaviy texnologiyalar har qanday yoshdagi inson uchun qulay va tushunarli bo'lishi kerak, foydalanuvchilarga g'amxo'rlik esa nafaqat servislar, balki jonli va oddiy tushuntirishlardan ham boshlanadi.
Kompaniya foydalanuvchilarga raqamli dunyoda o'zini yanada ishonchli his qilish va moliyasini xavfsiz boshqarishga yordam beradigan tashabbuslarni kelgusida ham davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Click SuperApp — https://my.click.uz/app/main-screen
Ijtimoiy tarmoqlar:
Instagram — https://www.instagram.com/clickuz/
LinkedIn — https://www.linkedin.com/company/click-uzbekistan/
Telegram — https://t.me/click_uz
.png)
_QcFK6bY.png)
_hqDXxnE.png)










