O‘zbekiston professional futbol ligasining 2026 yilgi reglamentiga muvofiq, Superliga mavsumi 4 may kunidan tanaffusga chiqqan.
Ma’lum qilinishicha, 6 maydan boshlab milliy terma jamoa mahalliy futbolchilar ishtirokida yig‘inini boshlaydi. Ushbu yig‘in doirasida 10, 17 va 24 may kunlari Superlikaning yetakchi klublariga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, may, iyun va iyul oylarida yuzaga kelgan tanaffus sabab, may oyining qolgan qismida O‘zbekiston kubogi uchrashuvlari o‘tkazilishi belgilangan.
Superlikaning ikkinchi qismi Jahon chempionatidan keyin — 20 iyul kuni start oladi. Mavsumning so‘nggi turi esa 3 dekabr sanasiga belgilangan. O‘tish o‘yinlari hamda kubokning yarim finalida ishtirok etmaydigan jamoalar shu sanadan so‘ng tanaffusga chiqadi.
Qayd etilishicha, o‘tish o‘yinlari qisqa muddatda tashkil etilishi uchun ular markazlashtirilgan tarzda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Ayni vaqtda turnir jadvalida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi 28 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Undan keyin 26 ochko bilan Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bormoqda. Kuchli uchlikni esa 20 ochko bilan "Buxoro" jamoasi yakunlab turibdi.






