Navoiy viloyati Nurota tumanida 14 nafar bolani olib ketayotgan Matiz ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YHHX xabariga ko‘ra, avtohalokat oqibatida avtomobilni boshqarib ketayotgan oilaviy bog‘cha rahbari shifoxonada vafot etgan. Ma’lum qilinishicha, hodisa 5-may kuni ertalab yuz bergan. Nurota tumanidagi oilaviy bog‘chalardan biriga rahbarlik qilgan 34 yoshli ayol 13 nafar tarbiyalanuvchi hamda o‘zining 3 oylik chaqalog‘ini Matiz avtomobilida bog‘chaga olib ketayotgan bo‘lgan. Hodisa “Yangi hayot” MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lining 8–9-kilometrlari oralig‘ida yuz bergan. 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz Matiz avtomobilini boshqarib ketayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda avtomobil yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, ag‘darilgan. Hodisa oqibatida ayol vafot etgan, avtomobildagi bolalar esa turli darajadagi tan jarohatlarini olgan. Hozirda bir nafar bolaning ahvoli og‘ir bo‘lib, koma holatida ekani aytilmoqda. Yana 8 nafar bola viloyat markazidagi shifoxonaga olib ketilgan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, bolalarni tashigan er-xotin yillar davomida avtomobilni haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib kelgan. Bolalar muntazam ravishda shu tarzda uydan bog‘chaga va bog‘chadan uyga olib borilgan. Ota-onalar ham bu holatga e’tiroz bildirmagani aytilgan.
Boshqa yangiliklar

Jamiyat Bugun 14:43
O'zbekiston Superligasi vaqtinchalik to'xtatildi
Endi musobaqa joriy yilning 20 iyul sanasidan davom ettiriladi.

Jamiyat Bugun 14:19
Oliy sud yana 161 nafar qatag‘on qurbonini oqladi
2026 yil 6 may kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlislarida Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 8 ta jinoyat ishi bo‘yicha 161 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarildi.

Jamiyat Bugun 13:11
Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash tizimiga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida ushbu maskan bugun to‘liq rekonstruksiya qilindi, qo‘shimcha korpus qurildi va 20 o‘rinli yangi tug‘ruq bo‘limi tashkil etildi.

Jamiyat Bugun 12:26
Farg'onada 16 nafar hokim yordamchisi javobgarlikka tortildi
Bu haqda Biznes-ombudsman xabar qildi.

Jamiyat Bugun 10:24
Andijonlik yigit Rossiya–Ukraina urushida qatnashgani uchun 3 yilga qamaldi
Sud jarayonida ayblanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, bu qadamni moliyaviy muammolar tufayli qo‘yganini bildirgan.

