AsosiyJamiyat

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash tizimiga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida ushbu maskan bugun to‘liq rekonstruksiya qilindi, qo‘shimcha korpus qurildi va 20 o‘rinli yangi tug‘ruq bo‘limi tashkil etildi.

'Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi'ning rasmi

1972 yilda qurilgan Urgut tumanining “Bahrin” mahallasidagi 21-sonli oilaviy poliklinika 16 ta qishloq aholisi — 13 mingdan ortiq inson uchun yagona tibbiyot maskani hisoblanadi. Bu bino qurilganidan beri, ya’ni yarim asrdan oshiq vaqt davomida kapital ta’mir ko’rmagan. Devorlari zax bosgan, oynalari xiralashgan, tomdan suv o’tadigan xonalarda shifokorlar bemor qabul qilgan. Ana shu abgor sharoitda minglab insonlarga xizmat ko’rsatilgan. Chunki odamlarning boshqa tanlovi yo’q edi. Bu holatni 2025 yil dekabr oyida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva shaxsan borib o’rgangan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning sog’liqni saqlash tizimiga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida ushbu maskan bugun to’liq rekonstruksiya qilindi, qo’shimcha korpus qurildi va 20 o’rinli yangi tug’ruq bo’limi tashkil etildi. Zamonaviy, yorug’ va qulay sharoitlarda aholi tibbiy xizmatdan foydalana oladigan bo’ldi. Bu — yillar davomida e’tibordan chetda qolgan chekka hududlarga ham Prezident islohotlari yetib borayotganining amaliy ko’rinishidir. “Bahrin” mahallasidagi yangi poliklinika balki katta bino emasdir, ammo uning ortida juda katta ma’no bor: davlat rahbariyati har bir insonni, u qayerda yashashidan qat’i nazar, ko’radi, eshitadi va uning salomatligi uchun qayg’uradi.

    Boshqa yangiliklar