AsosiyDunyo

Бангладешда автобус дарёга қулаши оқибатида 18 киши ҳалок бўлди

Baxtsiz hodisaning sababini aniqlash uchun 5 kishidan iborat qo‘mita tuzdi.

'Бангладешда автобус дарёга қулаши оқибатида 18 киши ҳалок бўлди'ning rasmi

Bangladesh markazida yo‘lovchi avtobusi Padma daryosiga qulashi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Daily Star.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus paromga chiqish vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, daryoga tushgan va u taxminan 40 nafar yo‘lovchini olib yurgan. 11 yo‘lovchi qirg‘oqqa mustaqil ravishda chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Qutqaruvchilar avtobusni hodisadan olti soat o‘tgach, daryodan chiqarishgan. Bangladesh yong‘in xizmati va fuqarolik mudofaasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusdan 23 kishi jasadi topilgan: 11 nafari ayol, 7 nafari erkak va 5 nafari bola.

Tuman ma’muriyati baxtsiz hodisaning sababini aniqlish uchun 5 kishidan iborat qo‘mita tuzdi.

    Boshqa yangiliklar