AsosiyDunyo

Саудия ва БАА Трампдан урушни давом эттиришни сўрамоқда — ОАВ

Fors koʻrfazi davlatlari AQShning Eron bilan kelishuvga erishish rejasidan havotir bildirib, harbiy harakatlarni davom ettirish tarafdori ekanini maʼlum qildi.

'Саудия ва БАА Трампдан урушни давом эттиришни сўрамоқда — ОАВ'ning rasmi

Fors ko‘rfazi mintaqasidagi arab davlatlari — Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari AQSh prezidenti Donald Trumpning Eron bilan urushni diplomatik yo‘l bilan yakunlash niyatidan havotirda. Bu haqda "The Wall Street Journal" nashri manbalariga tayanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, mazkur davlatlar Trumpni Eron mintaqada havf tug‘dirmaydigan darajada zaiflashguncha harbiy harakatlarni davom ettirishga ko‘ndirishga urinmoqda. Ular ehtimoliy kelishuv Tehronning ta’sirini saqlab qolishi va Fors ko‘rfazidagi xavfsizlikka tahdid solishidan qo‘rqmoqda.

Shu bilan birga, Turkiya aksincha, urushni tezroq tugatish tarafdori bo‘lib, diplomatik muzokaralarni faollashtirishga harakat qilmoqda.

Ayni paytda, AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar murakkab kechmoqda. Tomonlar bir-biriga nisbatan keskin talablarni ilgari surgan. Xususan, Vashington Erondan yadro dasturini to‘liq cheklashni talab qilmoqda, Tehron esa sanktsiyalarni bekor qilish va xavfsizlik kafolatlarini so‘ramoqda.

Mutaxassislar fikricha, ushbu qarama-qarshiliklar yaqin vaqt ichida kelishuvga erishishni qiyinlashtirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:41

    'Yaqin Sharqda 23 kunlik mojaroda 2100 dan ortiq bola halok boʻldi yoki jarohat oldi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:28

    Yaqin Sharqda 23 kunlik mojaroda 2100 dan ortiq bola halok boʻldi yoki jarohat oldi.

    Pentagonning ma'lumotiga ko'ra, AQSH Erondagi 9000 nishonga zarba bergan.

    'Саудия Арабистони ва БАА Эронга қарши урушга киришни муҳокама қилмоқда'ning rasmi

    Dunyo 24.03.2026 11:47

    Саудия Арабистони ва БАА Эронга қарши урушга киришни муҳокама қилмоқда

    Hozirda mazkur davlatlar harbiy infratuzilmalardan foydalanishga ruxsat berish va Tehronga iqtisodiy bosim o‘tkazish orqali AQShga yordam bermoqda.

    'Ким Чен Ин Лукашенкони Шимолий Кореяга таклиф қилди'ning rasmi

    Dunyo 24.03.2026 08:52

    Ким Чен Ин Лукашенкони Шимолий Кореяга таклиф қилди

    Tashrif davomida ikki davlat yetakchilari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tadi.

    'Kim Chen In: Shimoliy Koreya yadroviy maqomdan voz kechmaydi'ning rasmi

    Dunyo 24.03.2026 05:37

    Kim Chen In: Shimoliy Koreya yadroviy maqomdan voz kechmaydi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Ir 15-chaqiriq Oliy xalq yig‘inida mamlakatning yadroviy davlat maqomi mutlaqo qaytarilmas ekanini ta’kidladi.

    'Kolumbiyada 125 kishi boʻlgan harbiy samolyot quladi'ning rasmi

    Dunyo 24.03.2026 04:13

    Kolumbiyada 125 kishi boʻlgan harbiy samolyot quladi

    Halokat oqibatida 66 kishi halok bo‘lgan.