AsosiyJamiyat

Prezident Samarqandda zamonaviy elektrobuslar va avtosaroyni ko‘zdan kechirdi

Shuningdek, davlat rahbari shaharning Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilgan tunnelni ham ko‘zdan kechirdi.

'Prezident Samarqandda zamonaviy elektrobuslar va avtosaroyni ko‘zdan kechirdi'ning rasmi

Samarqandda birinchi bosqichda 100 ta “Yutong” elektrobus olib kelindi. Har biri 30 o‘rinli, umumiy sig‘imi 75 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Bu avtobuslar shaharning 9 ta yo‘nalishida harakatlanib, kuniga 70 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Elektrobuslar uchun 4 gektar maydonda avtosaroy tashkil etildi. Bir vaqtning o‘zida 50 ta avtobusni quvvatlash va xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan. Yopiq turargohda texnik xizmat va mobil ta’mirlash jihozlari ham mavjud.

Loyihaning ikkinchi bosqichida yana 250 ta elektrobus xaridi rejalashtirilgan. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 120 million dollar mablag‘ jalb qilinadi. Bu yoqilg‘i sarfini 32 ming litrga, zararli gaz chiqimini 27 tonnaga kamaytiradi.

Prezident Mirziyoyev: “Mazkur sohaning iqtisodiy barqarorligini oshirish uchun elektrobuslarga xizmat ko‘rsatadigan, ularni ta’mirlaydigan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha Samarqand tajribasini yaratishimiz kerak”, – dedi.

Shuningdek, davlat rahbari shaharning Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilgan tunnelni ham ko‘zdan kechirdi. Uzunligi 600 metr, bir kunda o‘rtacha 50 mingta transport vositasi harakatlanishi mumkin. Tunneilda zamonaviy yoritish tizimi va yer osti piyodalar yo‘lagi barpo etilgan. Qurilish Xitoy va Turkiya kompaniyalari hamkorligida, harakat to‘xtatilmay olib borildi.

Bugungi kunda avtosaroyda 265 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Yangi elektrobuslarning olib kelinishi esa 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratadi.

Shahar jamoat transporti modernizatsiyasi – ekologik toza va qulay transportni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston Afg‘on xalqiga insonparvarlik ko‘magi jo‘natdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:49

    O‘zbekiston Afg‘on xalqiga insonparvarlik ko‘magi jo‘natdi

    Ushbu koʻmak prezident topshirigi asosida amalga oshirilgan.

    'Эрон Тель-Авив марказидаги темир йўл станциясига ракета зарбаси берди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:02

    Эрон Тель-Авив марказидаги темир йўл станциясига ракета зарбаси берди

    Bugun, 18 mart kuni Eron tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida Tel-Avivdagi “Savidor” temir yo‘l stansiyasida shikastlar yuz berdi.

    'Senegal chempionlikdan mahrum etilgan qaror ustidan CAS'ga shikoyat qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:25

    Senegal chempionlikdan mahrum etilgan qaror ustidan CAS'ga shikoyat qildi

    Afrika kubogida chempionlikdan mahrum etilgan Senegal futbol federatsiyasi qarorni adolatsiz deb baholab, xalqaro sudga murojaat qildi.

    'Prezident Samarqanddagı Yoshlar kreativ parkini koʻzdan kechirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:02

    Prezident Samarqanddagı Yoshlar kreativ parkini koʻzdan kechirdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida Yoshlar kreativ parki va unda yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:52

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:29