Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, "Ayritom" chegara-bojxona posti orqali mamlakarga 17 ta yuk avtomashinasida yordam jo‘natilgan.
Beg‘araz yordam tarkibidan un, guruch, shakar, tushyonka, makaron, yog‘, tez tayyorlanadigan taomlar kabi 11 turdagi oziq-ovqat va 20 tonna turli to‘qimachilik mahsuloti, 500-1000 litr suv saqlaydigan idishlar o‘rin olgan.









