Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobil Vodil-avto chegara bojxona posti orqali Qirg‘izistonga chiqish vaqtida tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Tekshiruv jarayonida avtomashina kuzovi ichiga yashirilgan 4 dona nostandart shakldagi oltin quymalar topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Ekspertizaga ko‘ra, oltin quymalarning sof og‘irligi 1 kg 232 gramm bo‘lib, umumiy qiymati 2 mlrd 182 mln 466 ming so‘mni tashkil etadi.
Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.






