Unga ko‘ra:
— dollar 33,12 so‘mga pastlab, 12 158,13 so‘m bo‘ldi;
— yevro 55,28 so‘mga ko‘tarilib, 14 166,65 so‘m bo‘ldi;
— rubl 0,22 so‘mga tushib, 153,98 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 191,25 so‘m bo‘lgandi.
O‘zbekistonda 2025 yilda dollar kursi 6,9 foizga pasaygan.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Nodirbek Ochilov bu aholi tomonidan yaxshi kutib olinganini, so‘m qadrini oshirish asosiy vazifalardan ekanini aytgandi.






