AsosiyBu qiziq

Urush fonida neft narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi urush keskinlashib borar ekan, jahon bozorida neft narxi keskin ko'tarildi.

'Urush fonida neft narxi keskin oshdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida neft narxining oshishini “to‘lashga arziydigan kichik narx” deb baholadi. Uning fikricha, Eronning yadroviy tahdidi bartaraf etilgach, neft narxi yana tezda pasayadi. Bu haqda CNN ma’lum qildi.

“Qisqa muddatli neft narxining oshishi AQSh va butun dunyo xavfsizligi uchun to‘lanadigan juda kichik narxdir. Boshqacha o‘ylaydiganlar – ahmoqlar”, – deb yozdi Trump Truth Social tarmog‘ida.

Bozorlar urushdan xavotirda

Eron atrofidagi mojaro neft bozoriga jiddiy bosim o‘tkazmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, urush cho‘zilib ketsa, global neft ta’minotiga jiddiy zarba berishi mumkin.

Ayniqsa, Yaqin Sharqdagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlar bozorni yanada beqarorlashtirdi. Treydlar energiya resurslari oqimi uzoq muddatga to‘xtab qolishidan xavotir bildirmoqda.

Eron esa Fors ko‘rfazidagi eng muhim dengiz yo‘llaridan biri – Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tadigan har qanday neft tankeriga hujum qilishi mumkinligini bildirgan. Bu bo‘g‘oz orqali dunyodagi neft savdosining qariyb 20 foizi amalga oshiriladi.

Yakshanba kuni AQSh neft fyucherslari 18 foizga oshib, bir barrel uchun qariyb 108 dollarga yetdi. Ayrim paytlarda narx 110 dollargacha ko‘tarildi. Brent markali neft ham 16 foizga qimmatlashib, barreliga taxminan 108 dollarga chiqdi.

Narxlar 150 dollargacha yetishi mumkin

Energetika bozori tahlilchilari vaziyat yanada keskinlashishi mumkinligini aytmoqda. Kpler kompaniyasining yetakchi tahlilchisi Homoyun Falakshohining fikricha, agar Hormuz bo‘g‘ozidagi transport tiklanmasa, mart oyining oxirigacha neft narxi 150 dollargacha yetishi mumkin.

Neft narxining keskin ko‘tarilishi fond bozorlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Investorlar inflyatsiya yana kuchayishi va iqtisodiyotga bosim ortishidan xavotir bildirmoqda.

Shu fonda Dow Jones indeksining fyucherslari 800 punktdan ko‘proq pasaydi. S&P 500 va Nasdaq indekslari ham qariyb 1,6 foizga tushib ketdi.

Benzin narxi ham oshdi

Eron hududiga 28 fevral kuni uyushtirilgan dastlabki zarbalardan keyin AQShda benzin narxi ham sezilarli oshdi. Yakshanba holatiga ko‘ra, mamlakatda benzinning o‘rtacha narxi bir gallon uchun 3,45 dollarga yetdi. Bu bir hafta oldingi ko‘rsatkichdan 16 foiz yuqori.

Energiya narxlarining uzoq muddat qimmatlashishi AQSh iqtisodiyotiga bosim o‘tkazishi mumkin. Bu esa Kongressga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar arafasida Trump va respublikachilar uchun siyosiy muammolarni kuchaytirishi ehtimoli bor.

Vaziyatni nazorat qilishga urinishlar

AQSh ma’muriyati yakshanba kuni neft narxining keskin oshishidan xavotirlarni kamaytirishga harakat qildi. Oq uy Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tadigan neft tankerlariga sug‘urta kafolati berish rejasini e’lon qildi.

Avvalroq dengiz sug‘urta kompaniyalari mintaqadagi kemalarni hujumga uchrasa, sug‘urta qoplamasligini bildirgan edi. AQSh hukumi tankerlarni harbiy kemalar bilan kuzatib borish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Biroq hozircha aniq reja e’lon qilinmagan.

Tahlilchilar bu choralar bozorni to‘liq tinchlantirish uchun yetarli bo‘lmasligini aytmoqda. Ularning fikricha, neft bozorida barqarorlik faqat harbiy keskinlik kamaygan taqdirdagina qaytadi.

Mojaro yangi bosqichga o‘tmoqda

Eronning yuqori martabali rasmiylaridan biri esa mojaro “yangi bosqichga” kirganini ma’lum qildi. Bu bayonot Isroilning Eron neft omborlariga zarba berganidan keyin yangradi.

Rasmiyga ko‘ra, Eron o‘z maqsadlariga erishmaguncha Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni boy bermaydi. Shu sababli mintaqadagi energetika infratuzilmasiga yangi zarbalar berilishi ehtimoli ham mavjud.

Ayni paytda ayrim neft ishlab chiqaruvchilar omborlar to‘lib ketgani sabab ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur bo‘lmoqda.

AQSh energetika vaziri Kris Rayt CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSh Eronning neft sanoati yoki energetika infratuzilmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berishni rejalashtirmayotganini aytdi. Shu bilan birga, Eron nefti xalqaro sanksiyalar ostida qolayotgani, uning asosiy xaridori esa Xitoy ekani qayd etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 04:25

    '3,7 million yil avval yashagan inson ajdodining yuzi tiklandi'ning rasmi

    Bu qiziq 06.03.2026 14:10

    3,7 million yil avval yashagan inson ajdodining yuzi tiklandi

    Olimlar insoniyatning qadimgi ajdodlaridan biriga tegishli bosh suyagi asosida uning ehtimoliy yuz qiyofasini qayta tikladı.

    'Bugun ham aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 06.03.2026 03:02

    Bugun ham aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi

    “O‘zgidromet” 6 mart kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 04.03.2026 03:10

    'Bаҳорнинг илк кунлари — табиатнинг жимжит уйғониши'ning rasmi

    Bu qiziq 02.03.2026 04:41

    Bаҳорнинг илк кунлари — табиатнинг жимжит уйғониши

    Sokin, shoshmasdan siz qish sovuqlaridan etingiz uchib sovuqni his qilayotganingizda bahor kirib keldi.

    'Telegram yangi funksiyani ishga tushirdi'ning rasmi

    Bu qiziq 01.03.2026 16:41

    Telegram yangi funksiyani ishga tushirdi

    Endi shaxsiy chatlarda “forward” va skrinshotni cheklash imkoniyatini berdi.