O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakati-mizning bir guruh faol va tashabbuskor xotin-qizlari nufuzli mukofot bilan taqdirlandi.
Ular orasida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi iqtidorli shoira Latofat Amirova ham bor.
Yosh ijodkorning istedodi va ijodiy yutuqlari yuqaq e‘tirof etilib, Prezident topshirig‘iga asosan unga Samarqand shahrining Qorasuv massividan ikki xonali, barcha sharoitlarga ega, mebellar bilan jihozlangan uy topshirildi.
Uy kalitini topshirish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboev ishtirok etdi. Tadbir davomida hokim yosh shoira Latofat Amirovani erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlab, unga oilaviy hotirjamlik, mustahkam baxt va kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Ta’kidlanishicha, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yurtimizda iqtidorli, faol va tashabbuskor qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalaridagi yutuqlarini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.






