AsosiyBu qiziq

Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

18 fevral kuni respublika boʻylab ayrim hududlarda yomgʻir, tuman va togʻlarda qor koʻchishi havfi saqlanib qoladi.

'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

O‘zgidromet 18 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Ertaga ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishi kutilmogda. Tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+12 daraja iliq, kunduzi +15...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, Ustyurtda -2 daraja sovuqqacha, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+9 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi,yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi havfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 03:10

    Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi

    Saylov sanasi rasman 2026 yil sentyabrigacha belgilanishi kutilmoqda.

    'Dollarning kursi yana pasaydi'ning rasmi

    Bu qiziq 17.02.2026 11:18

    Dollarning kursi yana pasaydi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Har yili 12 million qiz 18 yoshga yetmay turmushga chiqmoqda'ning rasmi

    Bu qiziq 17.02.2026 01:51

    Har yili 12 million qiz 18 yoshga yetmay turmushga chiqmoqda

    Dunyo bo‘yicha bolalar nikohi kamayib borayotganiga qaramasdan, har besh qizdan biri hali ham voyaga yetmasdan turmush qurmoqda.

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 16.02.2026 11:14

    Dollar kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 12.02.2026 02:52

    'Bugun ham yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 10.02.2026 02:38

    Bugun ham yomg‘ir yog‘adi

    Oʻzbekistonning aksar hududlarida oʻzgaruvchan ob-havo, yomgʻir va kuchayib borayotgan shamol bilan boshlanadi.