Xilola O‘ktamovna O‘marova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Ma’lum qilinishicha, u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasini tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘marova mazkur lavozimga olti oy avval tayinlangan edi.
Shu bilan birga, Ilhom Sirojjev Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Avvalroq xabar qilinganidek, O‘marova Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimini egalladi.






