AsosiyJamiyat

Andijon shahri hokimi kaltaklandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga izoh berildi.

'Andijon shahri hokimi kaltaklandimi?'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov va uning yordamchisini noma’lum shaxslar kaltaklab ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu ko‘plab muhokamalarga ham sabab bo‘ldi, albatta. Ushbu holatga shahar hokimi quyidagicha izoh berdi:

“Soppa-sog‘man, bunaqa narsa bo‘lgani yo‘q. Hayronman, qaerdan chiqdi bu gap, kimga kerak bo‘ldi? Mana, ish jarayoni ketyapti, ishlayapmiz. Bu ma’lumot yolg‘on. Ular ham o‘zining yo‘nalishida, vakolati doirasida shug‘ullanayapti. Bunaqa ma’lumot tarqatganni albatta topib, jazoga tortishadi”, - dedi Elyorbek Karimov.

    Boshqa yangiliklar