AsosiyJamiyat

Buxoroda mashhurlik uchun odamni oyog‘idan osib qo‘yishdi

Peshku tumanidagi oshxonalarning birida Instagram uchun sahnalashtirilgan videoda fuqaro oyog‘idan osib qo‘yilgan, "qassob" ro‘lidagi shaxs esa uning atrofida pichoq charxlab turgani aks etgan.

'Buxoroda mashhurlik uchun odamni oyog‘idan osib qo‘yishdi'ning rasmi

Buxoro viloyatida ijtimoiy tarmoqlarda “shov-shuv” qilish istagi yana bir bor jamoatchilikni larzaga soldi. Peshku tumanidagi oshxonalarning birida Instagram uchun sahnalashtirilgan videoda fuqaro oyog‘idan osib qo‘yilgan, “qassob” rolidagi shaxs esa uning atrofida pichoq charxlab turgani aks etgan.

Qisqa vaqt ichida tarqab ketgan bu tasvirlar odamlar orasida qattiq norozilik va keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bildirishicha, rolik kanal admini va umumiy ovqatlanish shoxobchasi egalari o‘zaro kelishgan holda, mijozlarni jalb qilish va ijtimoiy tarmoqda ommalashish maqsadida tayyorlangan.

Rasmiylarga ko‘ra, ushbu “hayp” ortidan qilingan harakatlar reklama haqidagi qonun talablariga ham, jamoat tartibi va odob-axloq me’yorlariga ham zid bo‘lgan.

To‘plangan materiallar Peshku tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan aybdor deb topildi. Natijada ularga BHMning 7 barobari miqdorida jarima tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:13

    'Afg‘onistondan olib kiritilgan qariyb 9 kg “opiy” musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:52

    Afg‘onistondan olib kiritilgan qariyb 9 kg “opiy” musodara qilindi

    Qisqa muddatda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

    'Ukrainaga yirik hujum: Kiyev va boshqa shaharlarda qurbonlar bor'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:15

    Ukrainaga yirik hujum: Kiyev va boshqa shaharlarda qurbonlar bor

    Rossiya kuchlari Ukrainaga navbatdagi keng ko‘lamli raketa va dron hujumlarini amalga oshirdi.

    'Chorvoqda qurilish chiqindilari bo‘yicha reydlar boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:55

    Chorvoqda qurilish chiqindilari bo‘yicha reydlar boshlandi

    Hududda nazoratni kuchaytirish maqsadida 10 ta nuqtaga onlayn videokuzatuv o‘rnatildi, yana 40 ta lokatsiya qamrab olinishi rejalashtirilgan.

    'Aqtau yaqinidagi aviahalokat: Moskva va Boku kelishuvga erishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:45

    Aqtau yaqinidagi aviahalokat: Moskva va Boku kelishuvga erishdi

    Tomonlar Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushganini tan oldi va jabrlanganlarga tovon to‘lashga kelishdi.

    'Surxondaryoda mansabdor pora olishda ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:24

    Surxondaryoda mansabdor pora olishda ushlandi

    Surxondaryo viloyatida mansabdor xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.