To‘liq quvvatga chiqqanidan so‘ng 87 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Ohangaron tumaniga tashrifi davomida "Premier" maishiy texnika ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Loyiha Birlashgan Arab Amirliklarining Fajr Al Mustaqbal General Trading kompaniyasi bilan hamkorlikda 10 gektar maydonda amalga oshirilmoqda. Uning umumiy qiymati 30 million dollarni tashkil etadi. Hozirgacha qurilish ishlari 95 foizga bajarilib, 11,3 million dollar investitsiya o‘zlashtirilgan.
Korxona mahsulotlari Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi va Afg‘onistonga eksport qilinishi rejalashtirilgan. Aytilishicha, bunday korxonalar O‘zbekistonda ikkita, Markaziy Osiyoda esa to‘rttta bo‘lib, mazkur loyiha ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.
Tashrif chog‘ida davlat rahbari ish jarayonlari va mahsulot sifatiga tanishdi. Shu yerni o‘zida korxonaning 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi taqdimoti o‘tkazildi hamda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.






