Qodirov kecha, 9 fevral kuni respublika prokurori Arsan Adayev bilan uchrashuvda bu xabarlar sun'iy intellekt yordamida tarqalganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha minglab avariyalar sodir bo‘lgan, ammo bu ma’lumotlar orqali hech kimga ayb yuklanmagan.
Ramzan Qodirov bu kabi soxta xabarlar mediada shov-shuv tug‘dirishini va internetda jinoyatlarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish rejalari borligini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram-kanallarda Adam Qodirovning Grozniyda yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabarlar tarqalgan edi.






