"Sputnik Qirg‘iziston" xabariga ko‘ra, hodisa Bozor-Qo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi qiz hozirda homilador.
Qiz yaqinlari bu holatdan xabar topgach, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Ayni paytda holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan. Gumonlanuvchi shaxs ikki oy muddatga tergov hibsxonasiga joylashtirilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.






