AsosiyDunyo

Ummonda AQSh va Eron o'rtasida navbatdagi muzokaralar boshlandi.

Ummonda AQSh va Eron delegatsiyalari yadroviy dastur bo‘yicha navbatdagi muzokaralarga kirishdi.

'Ummonda AQSh va Eron o'rtasida navbatdagi muzokaralar boshlandi.'ning rasmi

Eron delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi rahbarlik qilmoqda. Uning tarkibiga, shuningdek, TIV rahbarining iqtisodiy diplomatya bo‘yicha o‘rinbosari Hamid G‘anbari ham qo‘shilgan. AQSh muzokara guruhiga Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff boshchilik qilmoqda, delegatsiya a’zolari orasida Jared Kushner ham bor.

Muzokaralar oldidan har ikki tomon rahbarlari Ummon Tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiydi bilan uchrashuv o‘tkazgan. Eron TIV rahbari Tehron muzokaralarga “o‘z huquqlarini himoya qilishga qat’iy bel bog‘lagan holda” kirishayotganini bildirgan. Eron uchun asosiy ustuvor masala sanksiyalarni bekor qilish yoki yumshatish hisoblanadi.

Xabarlarga ko‘ra, Vashington kun tartibini kengaytirishga uringan, ammo Tehron faqat yadroviy dastur masalasini muhokama qilishga rozi bo‘lgan. “Axios” nashri manbalariga ko‘ra, ushbu mulogotlar arab ittifoqchilarining AQSh prezidentiga bosimi ortidan tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda ham Stiv Uitkoff va Abbos Aroqchi Ummonda besh raund muzokara o‘tkazgan, biroq ular natijasiz yakunlangan. Iyul oyida AQShning Eron yadroviy ob’ektlariga zarbasidan keyin tomonlar o‘rtasidagi aloqalar to‘xtatilgan edi. 26 yanvar kuni esa Donald Trump Eronni yadroviy quroldan to‘liq voz kechishni nazarda tutuvchi yangi bitim tuzishga chaqirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh KXDRga xalqaro gumanitar yordam boʻyicha cheklovlarni bekor qilishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:38

    AQSh KXDRga xalqaro gumanitar yordam boʻyicha cheklovlarni bekor qilishni rejalashtirmoqda

    Gap BMT Xavfsizlik Kengashining KXDRga nisbatan sanksiyalar qo‘mitasida gumanitar yukalar uchun beriladigan sanksion istisnolarini blokdan chiqarish haqida bormoqda.

    'Qashqadaryo, Toshkent viloyati va poytaxtda 20 kgdan ortik narkotik musodara qilindi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:18

    Qashqadaryo, Toshkent viloyati va poytaxtda 20 kgdan ortik narkotik musodara qilindi.

    Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Qashqadaryoda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 20,2 kg turli turdagi giyohvandlik vositalari olindi.

    'Islomoboda juma namoz paytida portlash yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:56

    Islomoboda juma namoz paytida portlash yuz berdi

    Hodisa ortidan kamida 31 kishi halok bo‘ldi.

    'Shavkat Mirziyoyev “Nishoni Pokiston” ordeni bilan taqdirlandi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:49

    Shavkat Mirziyoyev “Nishoni Pokiston” ordeni bilan taqdirlandi.

    Mukofot Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

    'Epstein ishi: Norvegiyada sobiq bosh vazirga nisbatan tergov boshlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:53

    Epstein ishi: Norvegiyada sobiq bosh vazirga nisbatan tergov boshlandi

    Tergov boshlanishiga yaqinda maxfiylikdan chiqarilgan va Jeffriy Epsteyn ishi bilan bog‘liq hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar asos bo‘lgan.