AsosiyJamiyat

Jaholatga qarshi faqat ma’rifat yetarli emas — Alisher Qodirov

Internet bezoriligi uchun jarima va ma’muriy qamoq taklif etilmoqda.

'Jaholatga qarshi faqat ma’rifat yetarli emas — Alisher Qodirov'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda haqorat, kamsitish va jamoat osoyishtaligini buzishga qaratilgan xatti-harakatlar uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Telegram-kanali orqali ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga kiritilayotgan 1-qo‘shimchaga muvofiq, internet makonida haqorat qilish, kamsitish va jamoat hamda fuqarolar osoyishtaligiga putur yetkazuvchi harakatlar uchun 5 million so‘mgacha jarima yoki 10 kungacha ma’muriy qamoq jazosi belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Alisher Qodirov ta’kidlashicha, jamiyatdagi bunday salbiy holatlarga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish yetarli emas.

“Jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashib bo‘lmaydi, jarima ham kerak. Loyihani qo‘llab-quvvatladik”, — deya yozdi partiya raisi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda "Bonu" laqabli ayol fohishaxona tashkil qilishda ayblanib qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:53

    Samarqandda "Bonu" laqabli ayol fohishaxona tashkil qilishda ayblanib qamaldi

    2025 yil 4 sentabr kuni 1 soatlik xizmat uchun 800 ming so‘m olgan vaqtda qo‘lga olingan.

    'Toshkent-Chorvoq yo'lida tezlik pasaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:26

    Toshkent-Chorvoq yo'lida tezlik pasaytirildi

    Qaror YTHlar soni ortishi bilan izohlanmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:46

    'Husanov oyning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:39

    Husanov oyning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin

    Oʻzbek himoyachi “Siti”da eʼtirof qilindi.

    'Samarqandda velosipedchi ishtirokidagi YTH o‘lim bilan yakunlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:19

    Samarqandda velosipedchi ishtirokidagi YTH o‘lim bilan yakunlandi

    Toʻyloq tumanida yuk mashinasi urib yuborgan velosipedchini orqadan kelayotgan Damas bosib ketdi. Oqibatda fuqaro voqea joyida halok boʻldi.

    '"Bormi og‘riq?" — Iqbol Saliyevga xalq tabobati bilan noqonuniy shug‘ullangani uchun jazo tayinlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 02.02.2026 16:36

    "Bormi og‘riq?" — Iqbol Saliyevga xalq tabobati bilan noqonuniy shug‘ullangani uchun jazo tayinlandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tabibda xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish litsenziyasi mavjud emas.