Indoneziyaning G‘arbiy Java provinsiyasida sodir bo‘lgan kuchli ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 48 nafarga yetdi. Bu haqda Zamon.uz nashri ma’lum qildi.
Fojia G‘arbiy Bandung regensiyasiga qarashli Sisarua tumanidagi Pasirlangu qishlog‘ida ro‘y bergan.
Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha topilgan jasadlardan 30 nafarining shaxsi aniqlandi, marhumlar yaqinlariga topshirildi. Qolgan qurbonlarni identifikatsiya qilish ishlari maxsus markazlarda davom etmoqda.
Qidiruv-qutqaruv ishlari bir necha kundan buyon to‘xtovsiz olib borilmoqda. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni aniqlamaxda maxsus o‘qitilgan itlardan ham foydalanmoqda. Rasmiylar barcha imkoniyatlar ishga solingan holda qidiruv ishlari davom ettirilishini ma’lum qildi.






