2025 yil 28 noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 750-sonli qarori asosida joriy etilgan “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkentda ekostikerlar tarqatilishi boshlandi. Hozirda stikerlarni YXHBning ro‘yxatdan o‘tkazish va diagnostika bo‘limlaridan olish mumkin.
Stikerlar avtomobilning yoqilg‘i turi, ishlab chiqarilgan yili hamda “Yevro” ekologik standartlariga muvofiq belgilanadi. Shunga ko‘ra, transport vositalari “toza” (yashil), “o‘rta” (sariq) va “zaharlı” (qizil) toifalarga ajratiladi.
Ekostikerlar kelgusida shahar hududlariga kirishda ruxsatnoma vazifasini bajaradi. Tizim doirasida Toshkent ekologik stikerlar zonalarga bo‘linadi va faqat tegishli toifadagi avtomobillargina ayrim hududlarga kirishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, ekologik stikerlar stikerni my.gov.uz portali orqali online buyurtma qilish imkoniyati ham mavjud — tayyor stiker 10 kun ichida manzilga yetkazib beriladi.






