Joriy yilning 22-24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.
Ma’lum qilinishicha, 22-23 yanvar kuni kechasi va ertalab O‘zbekiston bo‘yicha asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 22-23 yanvar kunlari qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
22-24 yanvar kunlari harorat kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq 2 daraja iliqqacha; shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi.






