Joriy yilning 13 yanvar kuni Farg‘ona shahrida 9-sinf o‘quvchisi R.Y. o‘zi yashab turgan 8 qavatli uyning tom qismidan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda Darakchi.uz so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, marhumning onasi 2025 yil 25 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasiga chiqib ketgan va bola opa-ukalari bilan tog‘asining qaramoq‘ida qolgan. U 13 yanvar kuni o‘zi yashab turgan 8 qavatli uyning tom qismiga chiqib, pastga sakrash oqibatida vafot etgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida aniqalanishicha, marhum o‘z joniga qasd qilishdan oldin yoqtirgan qizi bilan SMS-xabarlar yozishgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga Farg‘ona shahar IIB hamda prokuratura xodimlaridan iborat tezkor tergov guruhi yetib borgan. Mazkur holat yuzasidan tergovgacha daraja tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






