AsosiyJamiyat

"O'zgidromet" fond ko'chishi xavfi bo'yicha tezkor ogohlantirish e'lon qildi

Respublika togʻli hududlarida yogʻingarchilik va harorat oʻzgarishi sabab qor koʻchishi xavfi yuzaga kelishi mumkin.

'"O'zgidromet" fond ko'chishi xavfi bo'yicha tezkor ogohlantirish e'lon qildi'ning rasmi

"O'zgidromet" 2026 yil 21–26 yanvar kunlari kutilayotgan yog'ingarchilik hamda havo haroratining o'zgarishi munosabati bilan respublikaning tog'li hududlarida qor ko'chishi xavfi mavjudligi haqida tezkor ogohlantirish e'lon qildi.

Ma'lumotga ko'ra, xavf quyidagi hududlarda kuzatilishi mumkin:

— Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kitob, Qamashi va Shahrisabz tumanlarida;

— Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo'rg'on, Sariosiyo va Uzun tumanlarida;

— Samarqand viloyatining Nurobod, Qo'shrabot, Samarqand va Urgut tumanlarida;

— Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin tumanlarida;

— Toshkent viloyatining Bo'stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarida (Chotqol tizmasi tog'lari); — Namangan viloyatining Pop tumanida.

"O'zgidromet" tog'li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko'rishga chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar