AsosiyJamiyat

Turkiyada o‘zbekistonlik ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi

Истанбулнинг Кадикўй туманида ўғрилик учун уйга кирган озарбайжонлик шахслардан бири ўзбекистонлик аёлга жинсий зўравонлик қилган.

'Turkiyada o‘zbekistonlik ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi'ning rasmi

Joriy yilning 5 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik ayol ozarbayjonlik shaxs tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchradi. Bu haqda “Halktv” xabar berdi.

Nashrda qayd etilishicha, hodisa Kadiko‘y tumanidagi Dumlupinar mahallasida mahalliy vaqt bilan soat 04:33 atrofida sodir bo‘lgan. Uch nafar ozarbayjonlik shaxs — Tural A., Fuzuli A. va Shirali I. o‘g‘rilik qilish maqsadida ko‘p qavatli uyga kirgan.

Ikki nafar gumonlanuvchi narvon yordamida 68 yoshli Narimon Figen P. yashaydigan xonadonning ikkinchi qavat balkoniga chiqib, uyga kirgan. Uchinchi sherigi esa narvonni olib, voqea joyidan uzoqlashgan.

Uy egasi Narimon Figen P. o‘z xonasida uxlab yotgan paytda gumonlanuvchilardan biri uni uyg‘otib, seyfning joyini so‘ragan. Ayol uyda seyf yo‘qligini aytgan bo‘lsa-da, ular xonani tintuv qilib, karavot ostida yashirilgan seyfni topgan.

Qo‘rqib ketgan ayol kalitni berishga majbur bo‘lgan. Gumonlanuvchilar seyfdan ko‘plab zargarlik buyumlari va 10 ming turk lirasini olib ketgan. Shuningdek, ayolning qo‘lida va qulog‘ida bo‘lgan oltin taqinchoqlarni ham yechib olishgan.

Xabarda aytilishicha, uyda ishlovchi O‘zbekiston fuqarosi M.K. ham hodisa vaqtida xonadonda bo‘lgan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar