Unda tomonlar Suriyadagi voqealarini muhokama qilib, mamlakat birdamligi va terrorizmga qarshi kurashdagi sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan.
Damashq ma'muriyati bayonotiga ko‘ra, yetakchilar Suriyaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini saqlab qolish muhimligini bildirgan va barqarorlikka erishishga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini tan olgan.
Tomonlar Suriya davlati doirasida kurd xalqining huquqlari va himoyasini kafolatlash zarurligini ta'kidlagan.
“Prezidentlar, shuningdek, ISHIDga qarshi kurashda va ushbu tashkilotdan kelayotgan tahdidlarni bartaraf etishda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi”, — deyiladi Suriya Prezidenti ma'muriyati xabarida.
Ushbu ma'lumotlarga ko‘ra, har ikki yetakchi mintaqaviy va xalqaro tahdidlarga qarshi tura oladigan kuchli va birlashgan Suriyani ko‘rishga umumiy intilishlarini bildirgan.
Telefon mulogoti chog‘ida bir qator mintaqaviy masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi, bunda Suriyaga yaxshi kelajak sari harakatlanish uchun yangi imkoniyat berish muhimligiga alohida e'tibor qaratildi.






